Qo‘mita: Tabiiy monopoliyalar iste'molchining «cho‘ntagiga» kira olmadi 

O‘zbekiston 10:45 / 18.07.2019 6605

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tabiiy monopoliya sub'yektlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzarlik holatlarini o‘rganish ishlari tizimli davom ettirilmoqda.

Xususan, bugungi kunga qadar tabiiy monopoliya sub'yektlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan iste'molchilar tomonidan 120 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi va murojaatlarning barchasi belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabarida aytiladi.

Mazkur murojaatlarni ko‘rib chiqilishi jarayonida 43 ta holatda tabiiy monopoliya sub'yektlari tomonidan iste'molchilarga 683,3 mln. so‘m (aholi foydasiga 225,9 mln. so‘m) ortiqcha hisoblanganligi, xususan tabiiy gaz bo‘yicha 153,5 mln. so‘m, ichimlik suv bo‘yicha 183,5 mln. so‘m, elektr energiyasi bo‘yicha 279,9 mln. so‘m mablag‘lar tashkil etganligi aniqlanib, iste'molchilarga qayta hisob-kitob qilinishi ta'minlandi.

Misol uchun, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Tex-Yunol-Servis” MChJga elektr energiyasi bo‘yicha qo‘llanilgan qo‘shimcha to‘lovlardan 51,4 mln. so‘m hamda “Toshkent suv ta'minoti” UK tomonidan Yashnobod tumanidagi tadbirkor “Talipov A.R”ga 5,0 mln. so‘m mablag‘ ortiqcha hisoblanganligi aniqlandi. 

Aniqlangan mablag‘lar iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi va ularning qonuniy haq-huquqlari himoya qilinishiga erishildi, deyiladi xabarda. 

Ko‘proq yangiliklar: