“Tatneft” O‘zbekistondagi birinchi AYoQShini ochdi

Foto: Depositphotos
“Tatneft” kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasini ochdi. AYoQSh Toshkent viloyatida joylashgan bo‘lib, unga yonilg‘i Rossiya kompaniyasi tomonidan yetkaziladi.
Kompaniyaning ko‘p turdagi yonilg‘i sotiluvchi AYoQShi Toshkent-Nurafshon avtomobil yo‘lida ochilgan. Unda mahalliy A-80 benzini, Rossiyaning “Taneko” majmuasidan yetkaziladigan A-92 va A-95 markasidagi benzin hamda metan sotiladi.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, viloyatda “Tatneft”ning 22 AYoQShidan iborat tarmog‘ini yaratish rejalashtirilgan.
“Tatneft” Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobil yonilg‘isini O‘zbekistonda sotayotgan Rossiyaning uchinchi kompaniyasi bo‘ldi. 2018 yil yanvarda Toshkentda “Gazprom”ning sho‘'ba korxonasi, martda esa “Lukoyl” benzin sota boshlagandi.
Mavzuga oid

18:05 / 06.02.2025
“Ijodkor” firibgarlar: bunaqalari kinolarda ham uchramaydi

15:48 / 03.02.2025
O‘zbekistonlik yigit Spark’da Yevropaga safar qildi

16:43 / 27.12.2024
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga start berildi

16:56 / 22.12.2024