Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘zlarini FaceApp yordamida «keksaytirishni» boshladilar

Fan-texnika 10:05 / 16.07.2019 15578

2017 yilda chiqarilgan, tashqi ko‘rinishni o‘zgartirish imkonini beradigan FaceApp ilovasi keksaytirish filtri sabab yana mashhurlikka erishdi, deya xabar bermoqda Rusbase. U orqali o‘tkazilgan suratlarini oddiy foydalanuvchilar ham, tadbirkor, sportchi va mashhurlar ijtimoiy tarmoqqa joylashni boshladilar.

FaceApp’ni «Yandeks»dan chiqqan Yaroslav Goncharov o‘ylab topdi. Keksaytirish effektidan tashqari neyrotarmoq yordamida suratga tabassum qo‘shishi va erkak kishini ayol kishiga va aksincha aylantirishi mumkin.

2017 yilda chiqqan FaceApp biroz vaqt davomida AppStore va Google Play’da eng ko‘p yuklangan ilova bo‘lgan. Hozirda, o‘zining ikkinchi mashhurlik onlarini boshdan kechirayotgan ilova Google Play’da birinchi va App Store’da uchinchi o‘rinda.

Keksaytiruvchi filtrning mashhurligi fonida #faceappchallenge xeshtegi ham ishga tushirilgan. Instagramning o‘zida u bo‘yicha 11 mingdan ortiq maqolalar bor.

FaceApp imkoniyatlarini nafaqat rossiyaliklar balki yurtdoshlarimiz ham sinab ko‘rishmoqda. Xususan, Zafar Hoshimov Facebook’dagi sahifasiga aynan shu ilovadan foydalanib keksaytirilgan suratini joylagan va unga quyidagi fikrlarni ham ilova qilgan:

“Men chakana savdoda ishlayman. So‘nggi uch yil ichida Potrebitel.uz guruhidagi xaridorlarning shikoyat va da'volariga javob beryapman va o‘zimni ajoyib tarzda his etyapman. #ishimni yaxshi ko‘raman”.

 

Ko‘proq yangiliklar: