Davlat mehnat inspeksiyasi Chustdagi o‘qituvchilar masalasini o‘rganadi - vazirlik

Jamiyat 22:27 / 16.07.2019 16966

Namangan viloyati Chust tumanida o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish holatini O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi o‘z nazoratiga oldi, deb xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.

16 iyul kuni Kun.uz saytida Namangan viloyati Chust tumanidagi 9-maktab jamoasi a'zolari mehnat ta'tili davrida maktabning qurilish va obodonlashtirish ishlariga majburiy jalb yetilgani haqida maqola e'lon qilindi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborotiga ko‘ra, ushbu masala yuzasida tekshiruv natijalar bo‘yicha yaqin vaqt oralig‘ida batafsil ma'lumot beriladi.

«Agar Siz mehnat huquqi buzilayotgan biror bir holatga duch kelsangiz, Davlat mehnat inspeksiyasining +998 71 200-06-00 ishonch telefoni hamda @mehnathuquqbot Telegram boti orqali murojaat qilishingiz mumkin. 

Murojaatchining shaxsi sir tutiladi», —  deya qo‘shimcha qilinadi vazirlik xabarida.

Bundan avval, Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi maktab o‘qituvchilarining «Yashil xiyobon» hududida «shanbalik» niqobi ostida eni 1,5-2 metr, uzunligi 410 metr joyga beton quyish va obodonlashtirish ishlariga majburiy jalb etilgani  xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: