Aziz Haydarov futbolchilik faoliyatini yakunladi, u O‘FAda rahbarlik lavozimini egallaydi

Sport 13:44 / 16.07.2019 10295

«Lokomotiv» yarimhimoyachisi Aziz Haydarov futbolchilik faoliyatini yakunladi va tez orada O‘FAda ish boshlaydi. Bu haqda «temiryo‘lchilar» klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 34 yoshli Haydarov O‘FA Terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i lavozimini egallaydi.

Ma'lumot o‘rnida, Aziz Haydarov professional faoliyatini 19 yoshida aynan «Lokomotiv»da boshlagan (2004-2007). Shundan so‘ng «Bunyodkor»da (2007-2011, 2018) hamda BAAning ikki klubi «Al-Shabab» (2011-2017) va «Ajman» (2017-2018) jamoalarida o‘ynadi. U shu mavsum boshida «Lokomotiv»ga qaytgan edi.

Uch karra O‘zbekiston chempioni (2008-2010) va ikki karra mamlakat kubogi sohibi (2008, 2010) sanaluvchi xavbek milliy jamoa safida 86ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.

Ko‘proq yangiliklar: