Qanday qilib yanada yaxshiroq onaga aylanish mumkin: 8 ta oddiy maslahat

Light 11:52 / 15.07.2019 9770

Yangi yil arafasida har birimiz o‘zimiz uchun biror foydali narsani amalga oshirish haqida va'da beramiz. Ayrimlar mutolaa bilan ko‘proq shug‘ullanishni rejalashtirsa, boshqalar – zararli odatlarni tashlab, sport bilan shug‘ullanishni o‘z oldilariga maqsad sifatida belgilashadi.  Yaxshi onalar esa yanada yaxshi bo‘lishni asosiy vazifa deb biladilar. Buni ushbu 8 qoida yordamida amalga oshirish mumkin.

Foto: Unsplash

1. Ko‘proq uxlashni o‘rganish

Onaning organizmi ertami yoki kechmi to‘yib uxlamaslikka odatlanadi, biroq to‘yib uxlamaslik salomatlik va tashqi ko‘rinishga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Ona boshi va beli og‘rib tursa, baxtli bo‘la oladimi? Bolalar baxtli va kuch-quvvatga to‘la onani ko‘rishlari lozim. Demak, to‘yib uxlashni o‘rganish kerak – yaqinlardan yordam so‘rashdan uyalmaslik, mas'uliyatni biroz kamaytirish  va bolani tezda uxlatish usullarini o‘zlashtirish lozim.

2. His-tuyg‘ularingizga e'tiborli bo‘ling

Bolaga baland ovozda gapirmaslikni o‘rganish – ota-ona uchun muhim vazifa. Ayrim hollarda g‘azabni ushlab turish qiyin bo‘lsa-da, baqirmasdan gapirishga harakat qilish kerak. Bola unga baland ovozda gapirayotganingizni juda yaxshi tushunadi va bundan kelajakda baxtli bo‘lmasligi aniq.

Foto: Unsplash

3. Umumiy mahorat darslarida ishtirok etish

Aqlli onalar bo‘sh vaqtlarini o‘zlari uchun foydali tarzda o‘tkazishni yaxshi biladilar. Internetda bekorga vaqt sarflagandan ko‘ra, ota-ona va bolalar uchun ijodkorlik kurslariga yo‘l olgan ma'qul.

4. Planshetda vaqtni kamroq o‘tkazish

Agar onaning o‘zi planshetdagi o‘yinlarda bekorga vaqt sarflasa, farzandlar ham undan o‘rnak olishadi. Planshetga tobelik esa bolaning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Statistikaga ko‘ra, «planshet o‘yinlariga tobe» bolalar ko‘pincha semizlikdan aziyat chekishadi va sekin rivojlanadilar. Shunday ekan, bolalar uchun sevimli elektronikadan foydalanmaslik tavsiya etiladi.

Foto: Unsplash

5. Bolalarni kichik muvaffaqiyatlari uchun maqtashni boshlash

Ota-onalarning hayratda qolishi va maqtovlari bolalarga shirinlik va zo‘r o‘yinchoqlarga qaraganda samaraliroq ishtiyoq beradi. Bolani kichik yutuqlari uchun ham maqtash lozim. «Omadsizliklari» uchun bolani jazolash emas, «Kelasi safar buni albatta eplaysan» qabilidagi iliq so‘zlar bilan tetiklantirish lozim.

6. Shirinlikni kamroq iste'mol qilish

Agar sevimli desertlardan voz kechishni eplolmaydigan bo‘lsangiz, ularni yong‘oqli qora shokoladga almashtirgan ma'qul. U foydali, kam kaloriyali va sutli shokolad kabi mazali.

Foto: Unsplash

7. Bolalarni volontyorlik bilan tanishtirish

Bu bolalarni o‘zlarida mavjud narsalarni qadrlash va atrof-muhitga g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi. Ba'zida qariyalar uyiga tashrif buyurish va bolalarni buva va buvilarga muloyimlik bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish mumkin.

8. Har bir bola bilan yuzma-yuz gaplashish

Qalbdan qurilgan suhbatlar sirlarni ochish va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishga zamin yaratadi. Bolalar o‘z ota-onalari bilan ruhan yaqin bo‘lishadi. Katta oilalarda bolalar o‘z fikrlarini ochiq bayon eta olishmaydi.

O‘ylaymizki, yuqoridagi maslahatlar sizga yanada yaxshi ona bo‘lishda yordam beradi.

Ko‘proq yangiliklar: