OAV: navbatdagi afg‘onlararo uchrashuv Samarqandda o‘tkaziladi

O‘zbekiston 10:39 / 15.07.2019 7493

Navbatdagi afg‘onlararo uchrashuv uch-to‘rt haftadan so‘ng Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda yakshanba kuni 1TV telekanali yaqinda Dohada bo‘lib o‘tgan afg‘onlararo konferensiya ishtirokchilariga tayangan holda xabar berdi.

Qatar poytaxtida 7-8 iyul kunlari Qatar va Germaniya tomonidan tashkil etilgan Uchinchi afg‘onlararo konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda «Tolibon» harakatining Qatardagi siyosiy ofisi delegatsiyasi hamda afg‘on siyosatchilari ishtirok etdi. Uchrashuvda Afg‘oniston hukumati vakillari ham qatnashgan. Anjuman yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilindi.

Bundan oldin, Kobul va «Tolibon» o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatilishi bilan O‘zbekistonda navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tishi mumkin ekani xabar qilingandi. Bu haqda GFRning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Markus Potsel afg‘on jurnalistlariga ma'lumot bergan.

Ko‘proq yangiliklar: