Afg‘onistonda aviazarbalar oqibatida 35dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Jahon 16:38 / 15.07.2019 9088

Afg‘onistonning Uruzg‘on viloyatidagi G‘izob tumanida xorijiy qo‘shinlarning aviazarbalari natijasida 35dan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi, deb ma'lum qildi mahalliy parlament a'zosi Qudratulla Rahimi.

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, aviazarbalar Amerika qo‘shinlari “Tolibon” jangarilari istehkomiga hujum uyushtirib, qarshilikka uchraganidan so‘ng berilgan.

Tinch aholidan tashqari, olti nafar jangari ham halok bo‘lgani aytilmoqda.

Asosan toliblar nazoratida bo‘lgan G‘izob tumani hukumati ushbu xabarni izohlamadi.

Ko‘proq yangiliklar: