Viessmann xalqaro korxonasi O‘zbekistonda Artel kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishni boshladi

Jamiyat 12:04 / 13.07.2019 14849

Joriy yilning 12-iyul kunida Artel zavodida Germaniyaning Viessmann kompaniyasi mahsulotlarini ishlab chiqarish liniyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Endilikda Artel kompaniyasi zavodida Germaniyaning Viessmann brendi ostida ikki konturli gazda ishlaydigan isitish qozonlari, hamda Viessmann isitish qozonlari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi.

Viessmann korxonasi 100 yil avval joriy etilgan bo‘lib, bugungi kunda isitish, sovitish va sanoat tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi korxonalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya tarkibida 11 ta davlatda joylashgan 22 ta sanoat korxonasi, 74 davlatda joylashgan vakolatxonalar va hududiy bo‘limlar, hamda dunyo bo‘yicha 120 ta savdo ofisi mavjud. 

Artel - bugungi kunda O‘rta Osiyoning eng yirik maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi korxonasidir. Artel kompaniyasida mahsulotlarning sifati va korxona mutaxassislarining tajribasini muntazam oshirib borish siyosati joriy etilgan. Kompaniyaning ishlab chiqarish tizimlari va menedjment boshqaruvi esa dunyo standartlariga muvofiqdir. Ushbu omillar Artel ilg‘or g‘oyalarni ilgari suruvchi, hamda dunyoning har qanday yetakchi korxonasi bilan hamkorlik qila oladigan innovatsion kompaniya ekanligi haqida yaqqol darak beradi.

Bugunda Artel zavodida Viessmann brendi ostida Vitopend 100-W A1JB rusumli 12, 24, 30 hamda 34 kVt quvvatga ega ikki konturli gazda ishlaydigan isitish qozonlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Ikki konturli Viessmann isitish qozonlarining unumdorligi kamida 90% tashkil etadi. Ichki yonish kamerasi germetikligi, tutunni majburiy bartaraf etish va yonish uchun kislorodni tashqaridan olish tizimlari esa isitish qozonini xonadonning ichida o‘rnatishga imkoniyat yaratadi. Viessmann ikki konturli isitish qozonlari 96 m2 dan 340 m2 gacha bo‘lgan maydonni isitishga qodir, ularning issiqlik quvvati esa bir daqiqada 16 litrgacha suvni isitish uchun yetarlidir.

Ikki yirik korxona orasidagi hamkorlik O‘zbekiston bozorlarida Germaniya texnologiyalari bo‘yicha yaratilgan yuqori sifatli isitish uskunalarini yanada keng tarqalishiga va yurtimiz aholisiga qo‘shimcha qulaylik baxsh etishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: