Joriy yilning 28 iyun kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi 35 yoshli Sh.E. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, u shu yil fevral oyidan 27 iyun kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs uyidagi 52800 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sh.E.ning uyida yollanib ishlagan, Qashqadaryo viloyatida yashovchi 30 yoshli U.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.