O‘zbekiston TIV 140 nafar o‘zbekistonlik Finlyandiyadan deportatsiya qilinganini tasdiqladi

Jamiyat 10:46 / 13.07.2019 15076

O‘zbekistonning Riga shahridagi (Latviya) elchixonasi ta'lim muassasasini tugatganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni qalbakiligi to‘g‘risida gumon qilingan O‘zbekiston fuqarolarining Finlyandiyadan deportatsiya qilinganligi to‘g‘risida qator OAVlarda tarqalgan xabarlarni tasdiqladi.

Ayni paytda elchixona vaziyatni nazoratga olgan hamda batafsil ma'lumot olish uchun Finlyandiyaning rasmiy vakillari bilan aloqa o‘rnatgan, deyiladi TIV xabarida.

Konsullik-huquqiy departamenti Latviya, Litva, Estoniya, Finlyandiya va Norvegiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatning Riga shahridagi elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan: +371 67-32-24-24, +371 67-32-23-46.

Bundan oldin, Finlyandiya migratsiya xizmati mamlakatdan O‘zbekistonning 140 fuqarosini chiqarib yuborish haqida qaror qabul qilgani xabar berilgandi.

Finlyandiyaning Yle telekompaniyasi xabar berishicha, bunga o‘zbekistonliklar Yevropada ishga joylashishda qo‘llagan qurilish texnikumining soxta diplomlari sabab bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, qurilish texnikumi sobiq ittifoq davridayoq yopilib ketgan bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: