Samarqandda ikki havaskor Lamborghini superkarining klonini yig‘ishni yo‘lga qo‘ydi

Jamiyat 00:01 / 12.07.2019 15514

Samarqandlik ikki havkaskor avtomexanik Lamborghini Aventador superkari klonining seriyali ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ymoqchi.

Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda mashina garajda qo‘lda yig‘ilmoqda.

Bu loyiha tashabbuskorlaridan birining aytishicha, hozircha Aventador’ning korpusigina yig‘ilganiga qaramay, mashinaga ko‘plab buyurtmalar tushmoqda. Superkarning birinchi kloni 40 kundan keyin tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

Biroq italyancha sportkarlar ishtiyoqmandlari xursand bo‘lishga shoshilmasalar ham bo‘ladi, chunki yig‘ilayotgan modellar uchun dvigatel sifatida mahalliy agregatlar qo‘llanadi. Shu sababli klon kapoti ostida Aventador uchun an'anaviy bo‘lgan 700 ot kuchiga ega 12 silindrli motor paydo bo‘lishini kutmaslik kerak. Mashinaning dinamik ko‘rsatkichlari ham 2,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladigan originalinikidan ancha uzoq bo‘ladi. Biroq samarqandliklarning mashinasi narxi bilan xursand qilishi mumkin, u 20 ming dollarga baholangan. Vaholanki, original Lamborghini Aventador’ning narxi 350 ming dollar turadi.

Ko‘proq yangiliklar: