Qozog‘istonda ikki nafar o‘zbekistonlik YTHga uchradi. Ulardan biri halok bo‘ldi

Jamiyat 12:54 / 12.07.2019 11583

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yil 11 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00da Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyati Janaqo‘rg‘on tumanidagi avtomobil yo‘lida ichida ikki nafar hamyurtimiz bo‘lgan VAZ-2107 avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Natijada, O‘zbekiston fuqarosi Sh.D. vafot etdi, ikkinchi hamyurtimiz - M.K.ga birinchi zarur tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng kasalxonaga yotishga zarurat yo‘qligi ma'lum qilindi.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-42-52); Aktau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel .: +7-729-277-71-17); Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.

Ko‘proq yangiliklar: