12 iyul kuni Belarus poytaxti Minsk shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari harbiy xizmatchilari o‘rtasida ko‘pkurash (komandirlik startlari) va harbiy – amaliy ko‘pkurash bo‘yicha o‘tkazilgan chempionatlar o‘z yakuniga yetdi.
![](https://storage.kun.uz/source/4/jJZB3UOM3mwMHUx25E9jLgu5qJwi33Dy.jpg)
Ushbu musobaqada O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi terma jamoasi ham ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi. Musobaqa yakunlariga O‘zbekiston jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Umumjamoa Komandirlik startlarida Belarus jamoasi 1728 ochko yiqqan bo‘lsa, o‘zbekistonlik harbiylar 1694 ochko yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Uchinchi o‘rin qirg‘izistonliklarga nasib etdi. Harbiy amaliy ko‘pkurashda Belarusda – 21221 ochko, O‘zbekistonda – 20957 ochko, 20009 ochko bilan esa rossiyaliklar kuchli uchlikni yakunlab berdi.
![](https://storage.kun.uz/source/4/HHvclkkbJfsA7KfoPFh-HpaSpjCpJvpk.jpg)
Shaxsiy hisobda «Komandirlik startlari» nominatsiyalarida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar quyidagi natijalarni ko‘rsatishdi: «Brigada komandiri» – 2 o‘rin podpolkovnik D. Xaitov (426 ochko), «Batalon komandiri» – 1 o‘rin mayor Sh. Ishmuratov (454 ochko), «Guruh komandiri» – 3 o‘rin Kapitan B. Madaminov (404 ochko), «Vzvod komandiri» – 2 o‘rin kapitan A. Usmanov (410 ochko).
13 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi terma jamoasi yurtimizga qaytib keladi.