Elmira Bositxonova: «Bozorlar radiouzellarida Zulfiyaxonim she'rlari va hadislardan namunalar eshittiriladi»

Jamiyat 23:29 / 11.07.2019 9946

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan press-brifingda ayollar ma'naviyatini oshirish va xotin-qizlarga qarshi bo‘layotgan zo‘ravonliklarni kamaytirish borasida qo‘mita tomonidan qilinayotgan amaliy harakatlar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

“Qo‘mita raisi etib tayinlanganimga 2 kun bo‘lganida bozorda ishlaydigan bir guruh ayollar qabulimga kelishdi. Ular bozorqo‘mlar va pattachilar tomonidan turli tazyiqlardan aziyat chekishayotgandi. Haqoratlarga chidab kelishyapti. O‘sha kunning o‘zidayoq voqea joyiga bordim. Masalani yechimini topdik. Mas'ullarga topshiriq berdim. Bozorlarda qo‘mitaning boshlang‘ich tashkilotlari tuziladi. Alohida ma'naviyat xonasi tashkil etiladi. U yerda kutubxona bo‘ladi, ma'rifiy suhbatlar o‘tkaziladi. Radiouzeldan har kuni 5-6 marta Zulfiyaxonim ijodidan namunalar, muomala madaniyatiga o‘rgatuvchi hadislar eshittiriladi”.

Bositxonovaning aytishicha, ushbu harakatlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad bozorlarni ma'rifat markaziga aylantirish orqali bozorda sotuvchi ayollarning mijozlar bilan o‘zaro muomala madaniyatini oshirishdir. 

Ko‘proq yangiliklar: