Agar Hindiston muammosiga yechim topilsa, u butun dunyoga aloqador bo‘ladi

Jahon 02:12 / 11.07.2019 18242

Oddiy mobil telefonlardan tortib, qayta ishlatish imkoni mavjud raketa qurilmalarigacha – hammasi hayotimizning asosiy qismini tashkil qiladi. Ularni bir so‘z bilan ilm mo‘jizalari deb atash mumkin.

Bu texnologiyalarning oxirgi ming yillikda hayot standartlariga ta'siri tufayli insonning o‘rtacha umr ko‘rish darajasi sezilarli darajada oshdi. Oxirgi avlod vakillari mashinalarga shu darajada bog‘langanki, sal oldin buni hatto tasavvur qilish ham mumkin emas edi. Energiya esa katta shkalada iste'mol qilinishda davom etmoqda, deb yozadi WeForum nashri.

Bu jarayonda innovatsiya va to‘rtinchi sanoat inqilobi «chegaralar» ga kuchli ta'sir o‘tkazdi. «Chegara»  so‘zining o‘zi esa ayrim buzg‘unchi texnologiyalar ta'sirida turli muammolarga sabab bo‘lishni boshladi. Biroq bu qarashni o‘zgartirishning iloji bormi, «chegara»  atamasi keyingi tahlillarda asosiy g‘oya uchun dastak bo‘la oladimi, degan savollar ham ko‘paydi.

Rivojlangan va rivojlanayotgan oralig‘idagi chegara

Turli so‘zlar guruhidan ayirib oladigan bo‘lsak, chegara nimaningdir ikkinchisi bilan almashishidagi farq uchun ishlatiladi. Buning uchun maksimum darajada yo‘nalish o‘zgarishi kerak. Bizning hozirgi holatimizda «chegara»  atamasi ko‘proq Hindistonga to‘g‘ri keladi.

Hindiston rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar oralig‘ida turadigan mamlakat. Mamlakatning eng boy aholisi umumiy hisobda 1 foizni tashkil qilib, umumdavlat daromadining 58 foizi shu tabaqa vakillariga tegishli. Biroq bu holatdan hech kim ajablanmasligi ham bor gap.

Hindiston geografik jihatdan xilma-xilligidan tashqari, u xilma-xil tillar makoni ham hisoblanadi. 2 foiz aholi ingliz tilida gaplashsa, qolgan asosiy qism 22 hind til tarmoqlarining birida so‘zlashadi. Natijada qariyb 98 foiz aholi ingliz tili va u orqali texnologik taraqqiyotdan bebahra qolgan.

Yo‘l xavfsizligi masalasida esa to‘xtalib o‘tirmasa ham bo‘ladi: bir yil – taxminan 400 kunda Hindiston yo‘llarida 150 ming atrofida baxsiz hodisalar sodir bo‘ladi.

Hindistonda yer osti suvlari orqali insoniyat faolligiga erishish mumkin. Biroq hanuzgacha bu ta'minotga ishonish mumkin yoki yo‘qligi to‘liq o‘z isbotini topmagan. Shunday bo‘lsa-da, aytish mumkinki, Hindiston butun dunyo zaxirasidagi yer osti suvining 25 foizini ishlatmoqda.

Havo ifloslanishida ham Hindiston birinchilardan. Ayniqsa, poytaxt Dehlida ahvol allaqachon achinarli holga yetib kelgan.

Bir tarafdan qarasa, Hindiston —  butun dunyoning eng kuchli informatsion texnologiyalar servisini tashkil etgan davlat. Hindistonning ushbu sanoat turi umumiy qiymatini 1,60 milliard dollar atrofida baholash mumkin.

Butunlay teskari tarafdan qaraganda esa «chegara»  davlat sifatida Hindiston odamlari uchun ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik xavf yetarlicha ekanini ko‘rish mumkin.

Hindistondagi laboratoriyada  10 yil avval  boshlangan izlanishlar to‘rtinchi sanoat inqilobi orqali alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Sun'iy intellekt va avtomatik bilim ishlab chiqarish bilan aralashib keta boshladi. Shu o‘rinda Hindiston yana bitta narsaga muhtoj: mana shu texnologiyalar yordamida turli «chegaraviy»  muammolarini hal qilishi kerak.

Chuqurroq tahlil qiladigan bo‘lsak, ushbu holatning bir qancha yechimlarini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari,agar texnologiya yoki dizayn orqali Hindistondagi qarama-qarshi muammolarni bartaraf etishning iloji bo‘lsa, demak, bu butun dunyoda samara beradi.

Hindistonning innovatsiyadagi hayoti

Hindiston innovatsiyalar olamida ancha qadimda ham yetakchi davlatlardan hisoblangan. 6-7-asrlarda yashagan buyuk hind jarrohi Sushrutaning faoliyati yoki 1600 yillik tarixga ega Dehlidagi temir ustunni misol sifatida keltirsa arziydi.

Zamonaviy davrda esa mamlakat o‘zining Oy va Marsdagi turli missiyalari bilan allaqachon kosmosda ham xaritasiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, faktlarga e'tiborli qaralsa, 2009 yilda hindistonlik Navi Radjouning «jugaad»  atamasini tilga olgani va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishidagi og‘riqli muammolarni o‘ta ehtiyotkor yo‘l bilan hal qilish mumkinligini ko‘rsatganini ham aytib o‘tish zarur.

Hindiston innovatsiyasidagi bu stimulni aholining zichligi, tashqi aloqalarning yaxshiligi, turli qarashlarning ko‘pligi bilan izohlash mumkin. Mamlakatda yuqorida sanalganlarning deyarli hammasi hamisha mavjud bo‘lgan.

«Radjou»  davridan beri esa Hindiston butun dunyoning innovatsiya tarqatuvchisi bo‘la oladimi yoki yo‘qmi, tejamkorona innovatsiya, haqiqatan, ta'minot manbaiga aylanadimi, degan savollar muhokama mavzularidan bo‘lib keladi.

Biroq shunday bo‘lsa-da, hatto fazo missiyalari ham mamlakat ichkarisidagi kundalik hayotda mavjud bo‘lgan turli ehtiyojlarni to‘liq qondirish va qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun yechim bo‘la olmayapti.

Yechim yo‘li mavjudmi?

Qayd etish joizki, boshda tilga olingan «chegara»  muammosida ham bir qancha muvaffaqiyatga erishish yo‘llari mavjud. Agar ularga bitta qatlam yoki bitta sotsial-iqtisodiy guruh vakillari uchun topilgan yechim orqali erishilsa, unda butun dunyoda ham bu kabi turli qarama-qarshi muammolarni bartaraf qilishning yo‘li topiladi.

Masalan, Hindistonda til muammosi juda katta qiyinchiliklarga sabab bo‘lmoqda. G‘arb dunyosining asosiy qismi Apple kabi texnologiyalardan foydalanayotgan bir paytda Hindistonda garchi qo‘lida smartfoni bor odamlar ko‘pchilikni tashkil qilsa-da, ularning 98 foizi o‘z dialektlarida gaplashadi. Bu shuncha odam texnologiya tilini bilmaydi deganidir.

Bu muammoga chora sifatida hind tilining katta texnologik bazasini qurish uchun ham harakatlar qilingan. Biroq uning samarasi kutilgandek bo‘lmagan. Chunki hind tili o‘zida 4 mingdan ortiq qoidalarni jamlagan sanskrit tilining avlodi hisoblanadi. Tilning texnikasi va algoritmlarini to‘liq texniklashtirishning imkonsiz bo‘layotgani ham shunda. Tilni soddalashtirish orqali esa balki Hindiston o‘z texnikasining butun dunyoda oson tushunilishiga erishishi mumkin.

G‘arbning ayrim yetakchi brendlari avtonom boshqaruvli mashinalar ishlab chiqarishni rivojlantirmoqda. Hindistonda ham mashina boshqaruvi ilmiylikdan san'at darajasiga ko‘tarilgan bo‘lishiga qaramay svetoforlar qarama-qarshi liniyaning harakatiga qarab o‘zgarmaydi. Agar shunday bo‘lsa, hamma transport turlarini kuzatish va mikro-sekundlargacha tahlil qilish imkon paydo bo‘lar edi.

Hindistonning havo harorati indeksi sun'iy intellekt va texnik bilim yordamida juda ko‘p muammolarni hal qilish imkonini beradi. Masalan, Hindiston iqlim o‘zgarishi muammosini yechish uchun yangicha parametrlar ko‘rsatishi mumkin.

Shuningdek, ekologik balansni ushlab turish uchun dronlar yordamida ekin ishlarini tashkil qilish va suv jadvalidan foydalanish ham yaxshi samara beradi.

Mana shu imkoniyatlarni, avvalo, chegaraviy muammolarni hal qilish uchun ishlatish va keyin uni butun dunyo miqyosida yo‘naltirish mumkin.

Innovatsiya va yechim esa «jugaad»  atamasi bilan boshlanib, avval mahalliy muammolarni hal qilishi, so‘ngra global miqyosdagi kamchiliklarni bartaraf qilishi kutilmoqda.

Ayni damda esa Hindiston o‘zgarishlar markazida turibdi. Mos iqtisodiy sharoit, hukumatning sa'y-harakatlari va aholining xayrixohligi mamlakatga o‘tish chegarasidan yuqorilashi uchun yo‘l beradi. Agar shunday bo‘lsa, Hindiston zamonaviy dunyoning innovatsiyalari o‘chog‘iga aylanadi. Dunyoda ham nimadir o‘zgarishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: