AKT vazirligi 5G tarmoqlari qurish bo‘yicha takliflar taqdim etishni so‘ramoqda 

Fan-texnika 12:37 / 10.07.2019 6763

AKT vazirligi O‘zbekistondagi operatorlar, provayderlar va telekommunikatsiya uskunalari ta'minotchilaridan 5G tarmoqlari qurish bo‘yicha takliflar taqdim etishni so‘ramoqda.

Takliflar quyidagilar kiritilishini nazarda tutadi:

- 5G tarmog‘ini qurish bo‘yicha sinov sxemasi;

- texnologiyalar va yechimlar ta'minotchilarini qo‘shgan holda, taklif etilayotgan 5G qurilmasi hamda maqsadli oxirgi foydalanuvchilar;

- mavjud zarur resurslar, O‘zbekistonda 5G demonstratsion loyihasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajriba va moliyalashtirish haqida ma'lumotlar;

- biznes-modelni amalga oshirish bo‘yicha butun respublika bo‘ylab keng miqyosda foydalanish variantini qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagi yo‘nalishlar kiritilgan holda, takliflar:

- qishloq xo‘jaligi;

- aqlli transport;

- aqlli shahar;

- xavfsiz shahar;

- ta'lim;

- sog‘liqni saqlash;

- sanoat;

- imkoniyati cheklangan insonlar uchun loyihalar.

Ko‘proq yangiliklar: