Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov 13 iyul kuni Kattaqo‘rg‘on shahar aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazadi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda: «Sizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa, murojaat qilishingiz mumkin», deyiladi e'londa.
Sayyor qabul Kattaqo‘rg‘on shahri Sharof Rashidov ko‘chasi 63-uyda o‘tkaziladi.
Mo‘ljal: Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri.
Ma'lumot uchun telefon: (66) 235 62 36.