Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Iqtisodiyot 11:11 / 08.07.2019 22901

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 9 iyuldan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 3,62 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8578,36 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 yevro kursi 119,41 so‘mga tushib, 9628,35 so‘mni tashkil etgan.

1 rubl esa 1,31 so‘mga arzonlab, 134,52 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: