Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishiga nimalar to‘sqinlik qilmoqda?

Foto: Shutterstock
Ta'lim sifatining pastligi, yangi ish o‘rinlarini yaratish masalasi, bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tish jarayoni, ekologik muammolar, jahondagi raqobat muhiti O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘lidagi muammolardir. Bu haqida milliy barqaror rivojlanish maqsadlari yuzasidan BMT vakilliklari, elchixonalar va hukumat organlarining hamkorlik uchrashuvida ma'lum qilindi.
Hamkorlik uchrashuvi doirasida hukumat vakillari O‘zbekistonda milliy barqaror rivojlanish maqsadlarining amalga oshirilishi borasida bajarilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari esa o‘z tavsiyalarini ma'lum qilishdi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi vakili Ilhom Mamatqulovning bayon qilishicha, “O‘zbekistonni 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” konsepsiyasida milliy barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida qilinadigan ishlar belgilab olingan. Xususan, bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tishni tezlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, ijtimoiy himoyaning samarador mexanizmlarini joriy qilish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, ekologik siyosatni to‘g‘ri olib borish kabi vazifalar qo‘yilgan.
BMTning hamkorlik dasturiga asosan, 2030 yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlari har bir shaxsning qiziqishini inobatga olish, inson huquqlarini ta'minlash, gender tengligi va ayollar uchun imkoniyatlarning kengaytirilishi, tashqi ta'sirlarga chidamlilik, barqarorlik, hisobdorlik prinsiplari asosida amalga oshirilishi lozim.
BMT taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovskaning qayd etishicha, O‘zbekistonda davlat boshqaruvi samaradorligini ta'minlash uchun hukumat qarorlar qabul qilishda marginal guruhlar (turli ijtimoiy guruhlar oralig‘idagi shaxslar jamoasi)ning fikrlari va ehtiyojlarini inobatga olishi lozim. “Shuningdek, hukumat taraqqiyot dasturi doirasidagi hamkorlari bilan doimiy ravishda muhokamalar o‘tkazishi, erishilgan yutuq va kamchiliklarni tahlil etib, berilgan tavsiyalar asosida ish ko‘rishi lozim”, ─ deydi Dimovska xonim.
Dimovskaning qayd etishicha, O‘zbekistonda turli hududlarda daromad ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi sezilarli farq saqlanib qolmoqda. Ishchi kuchining arzon va ko‘pligiga qaramay, malakali mutaxassisga bo‘lgan talab qondirilmayapti. Sifat ko‘rsatkichlarini belgilashdagi muammolar mamlakatdagi kichik biznes vakillarining Yevropa davlatlariga eksportni amalga oshirishiga salbiy ta'sir ko‘rsatyapti. Investitsiyani jalb qilish va kichik biznes sub'yektlarini rivojlantirish masalasi hududlarda infratuzilmani yaxshilash (energiya va suv ta'minoti, transport masalasi)ga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Helena Freyzerning qayd etishicha, milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda statistik ma'lumotlarni aniqlik va xolislik prinsipi asosida jamlash, natijalar monitoringini xolis olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

15:49 / 07.07.2025
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

15:47 / 07.07.2025
Yarim yillik yakunlari: O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,7-6,8 foiz o‘sishi kutilmoqda

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

09:34 / 28.06.2025