YeTTB O‘zbekistonga bank sektori bo‘yicha takliflar taqdim etdi

Iqtisodiyot 14:00 / 05.07.2019 6897

Joriy yilning 4 iyulida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) delegatsiyasi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Yig‘ilishda respublikadagi bank sektorini isloh qilish tashabbusi doirasida YeTTB va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. 

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Bank vakillari bank-moliya tizimini tizimli ravishda o‘zgartirish, respublikadagi tijorat banklarini diagnostika qilish, tijorat samaradorligini oshirish va bozor iqtisodiyotida o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini shakllantirish uchun aktivlarni joylashtirishni optimallashtirish mexanizmlarini jalb qilish bo‘yicha konseptual takliflarni taqdim yetdi. 

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek, taklif etilgan hamkorlik shakli post-transformatsion moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlarini, O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritish hajmini oshirishni nazarda tutadi.

Muloqot chog‘ida ushbu tashabbusni amalga oshirishga qaratilgan turli yondashuvlar tinglandi va ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida tomonlar ilgari surilgan takliflarni yanada aniqroq ishlab chiqish uchun qator qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib oldilar, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: