OTM o‘rtasidagi fan olimpiadalarini takomillashtirish taklif qilinyapti 

Jamiyat 11:23 / 05.07.2019 2458

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi fan olimpiadalarini takomillashtirish haqida petitsiya e'lon qilindi.

“Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi fan olimpiadalarini takomillashtirish kerak. Mening taklifim shuki, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi olimpiada kuni hamma ishtirokchilarni to‘plab, olimpiada materiallarini onlayn tanlab olish imkoniyatini berishi kerak”, - deb yozadi murojaat muallifi. 

Bildirilishicha, javoblarni onlayn berish amaliyotini joriy etish kerak. Shunda ishtirokchilar o‘zlarini o‘zlari baholash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Hozirgi kunda olimpiada savollari mezbon universitetning professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlanadi va bu o‘z navbatida tanlovning adolatli o‘tishiga ta'sir qiladi. 

Hakamlar hay'ati Oliy ta'lim va o‘rta maxsus vazirligi tomonidan belgilanishi kerak. Har bir bosqichda ishtirokchilar ishlarining Oliy ta'lim va o‘rta maxsus vazirligi saytiga joylashtirilishi jarayonning shaffofligini ta'minlaydi.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi fan olimpiadalarini o‘tkazishni takomillashtirishni taklif qilamiz”, - deyiladi petitsiyada.

Ko‘proq yangiliklar: