Farg‘onada “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Jamiyat 20:32 / 05.07.2019 5319

Qo‘qon shahrida Farg‘ona viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Maktabgacha ta'lim muassasalari pedagog xodimlarining innovatsion faoliyatini qo‘llab quvvatlash, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish, pedagog kadrlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan ko‘rik tanlovda viloyatning 19 ta tuman va shahridan 57 nafar pedagog ishtirok etdi.

Hakamlar hay'atining yakuniy qaroriga ko‘ra , “Yilning eng yaxshi metodist tarbiyachisi” yo‘nalishi bo‘yicha Quvasoy shahridagi 22-MTM metodisti Maftuna Xokimjonova, “Yilning eng yaxshi ijodkor tarbiyachisi” yo‘nalishi bo‘yicha Farg‘ona shahridagi 52-MTM tarbiyachisi Xulkar Akramova, “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachisi” yo‘nalishi bo‘yicha Marg‘ilon shahridagi 35-MTM tarbiyachisi Manzuraxon Qosimova viloyat bosqichida eng yuqori o‘rinni egallab respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi.

O‘tkazilgan tadbir davomida san'atkorlar ijrosida kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga Farg‘ona viloyat hokimligi va Farg‘ona viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: