Xarid qilish tartib taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, davlat xaridlarini amalga oshirishda tanlov ishtirokchilarining 3 tasi yoki undan ortig‘i mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘lsa, davlat xaridlari buyurtmachining tanloviga ko‘ra mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin.
Davlat xaridi – bu tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) davlat buyurtmachilari tomonidan pulli asosda olishdir.