Toshkentda fuqaro mashina boshqaruvi vaqtida hushidan ketib, «Bo‘zsuv» kanaliga quladi

Jamiyat 15:20 / 04.07.2019 31676

Joriy yilning 1 iyul kuni soat taxminan 12:30larda Qibray tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro I.N. “Spark” rusumidagi avtomobili bilan «Bo‘zsuv» kanaliga tushib ketgan. 

Foto: FVV matbuot xizmati

Hodisaga aniqlik kiritilganda, fuqaro mashina boshqaruvi vaqtida to‘satdan hushidan ketgani ma'lum bo‘lgan. Natijada, 12 metr balandlikdan chuqurligi 5 metr bo‘lgan «Bo‘zsuv» kanaliga qulagan. Mashina suvga to‘lgandan so‘ng, N.I. darz ketgan old oyna orqali chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Mazkur hodisa yuzasidan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib kelib, mashinani kanaldan chiqarib olishgan. Bu haqida fuqaro N.I. o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ko‘rsatilgan yordam uchun vazirlik vakillariga minnatdorlik bildirgan, deyiladi FVV xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: