Qoraqalpog‘istonda 1,2 milliondan ortiq aholining elektr ta'minoti yaxshilanadi

Jamiyat 20:45 / 04.07.2019 5169

Hozirgi zamonda elektr energiyasisiz kundalik turmushimizni, yurtimiz iqtisodiy rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Biz uchun juda kerakli bo‘lgan maishiy texnikalar ham, issiq-sovuqda huzurijon konditsioneru muzlatgich ham elektr energiya bilan ishlashi xammamizga kundek ravshan. Bugun shiddat bilan rivojlanayotgan davrni internetsiz, televizor-u,  qo‘l telefonlarsiz tasavvur qilish mumkinmi? Albatta, yuq.  Shu bois ham, bugun mamlakatimizda aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

 Ana shu maqsadda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev boshchiligidagi ishchi guruh yurtimizning eng olis hududlari bo‘ylab, joylarda  elektr ta'minoti korxonalari tomonidan olib borilayotgan ishlarni o‘rganib, tizimdagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining qator tumanlarida bo‘ldi.

Hududda  jami 349 ming 932 ta iste'molchi bo‘lib, shundan 14 ming 173 ta ulgurji va 335 ming 759 ta aholi iste'molchilarini tashkil qiladi. Tabiiyki, elektr energiyasini aholiga uzluksiz va sifatli yetkazib berish uchun elektr tarmoqlarini tizimli ravishda yangilash va rekonstruksiya qilib borish kerak bo‘ladi.

— Prezidentimizning 2016 yil 23 noyabrdagi “2017 – 2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya va yangi qurish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra bu borada aniq vazifalar belgilab olingan,— deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev. — Shu asosda Qoraqalpog‘istonda  past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Ayni paytda 339,9 kilometr elektr uzatish tarmoqlari, 173 dan ziyod transformator punktlarini modernizatsiyalash va almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Natijada, 72 ta mahallada yashovchi 1,2 milliondan ortiq aholining elektr ta'minoti yaxshilanib, uzatish va taqsimlashda yuqotiladigan energiya 38,2 million kVt/soatgacha qisqaradi. Eng muhimi, avariyaviy o‘chishlarning oldi olinadi.

Shunisi e'tiborliki, Qoraqalpog‘istonning ko‘pgina tuman hokimliklari ham  mahalliy budjetlaridan aholiga elektr energiyasini barqaror yetkazish borasida o‘z hissalarini qo‘shishmoqda. Xususan, Amudaryo tumani hokimligi tomonidan 10 ta, Qo‘ng‘irod tumanida 1 ta, Mo‘ynoq tumanida 3 ta,   Taxtako‘pir tumanida 2 ta va Shumanay tumani 4 ta transformatorlarni  olib berililishi hududda  elektr energetikasining rivoji uchun munosib hissa bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, yana bir yirik loyiha – joriy yilning avgust oyidan Nukus shahrining 65 mingdan ziyod va Mo‘ynoq tumanida 5200 ga yaqin aholi iste'molchilarga elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish ishlari boshlanadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: