Berlin va Bonn shaharlarida beshinchi avlod mobil aloqa tarmog‘i (5G) ishga tushdi. Keyinroq Gamburg, Darmshtadt, Leypsig va Myunxenda ham bu tarmoq ishga tushadi, deb xabar berdi Deutsche Welle.
Yil oxirigacha yuzdan ortiq nuqtada 5G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan 300ga yaqin antenna o‘rnatiladi. 2020 yil oxiriga qadar tarmoq Germaniyadagi 20 ta shaharni qamrab olishi rejalashtirilgan.
Iyun oyi o‘rtalarida Germaniyadagi mobil aloqa operatorlari yangi mobil standarti chastotalari uchun 6,5 mlrd yevrodan ortiqroq pul to‘lagandi. Chastotalar savdo auksionida Deutsche Telekom, Vodafone, Telefonica va United Internet ishtirok etdi.