«Damas»dan uloqtirilgan sumkada og‘u yashirilganligi fosh etildi

Jamiyat 17:08 / 04.07.2019 9421

 Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda giyohvand moddalarning g‘ayriqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Tadbir davomida Buxoro tumanida I.S. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada avtomashinada 2 dona oq rangli qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan, og‘irligi 3,11 grammga teng bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

 Shuningdek, mazkur avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan R.I. qo‘l sumkasini tezkor guruh vakillaridan berkitish maqsadida yo‘l chekkasiga uloqtirishga uringan chog‘ida xodimlarda shubha uyg‘otdi va mazkur sumka ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada sumkada 4,54 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

 Tekshiruv jarayonida fuqaro R.I.ning giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanishi va u fuqaro E.S.ga ham 2 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasini pullaganligi o‘z tasdig‘ini topdi.

 Shuningdek, yana bir holatda G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.S.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi. Natijada ushbu shaxsning xonadonidan 1,05 gramm marixuana moddasi borligi aniqlandi.

 Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, har uchala holatda og‘ufurushlar qo‘lga olinib, ulardan jami 10,7 grammga teng bo‘lgan giyohvandlik moddalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

 Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: