Apple arzon iPhone ishlab chiqaradi: Face ID'dan voz kechilgan, lekin barmoq izi skaneri bor

Fan-texnika 13:36 / 03.07.2019 7675

Apple arzon iPhone ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Bir vaqtning o‘zida Xitoy nashrlarida iPhone'ning mahalliy bozor uchun mo‘ljallangan maxsus modeli ishlab chiqarilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Yangilik smartfonlar bozorida mutlaq hukmronlikni saqlab kelayotgan Oppo va Huawei bilan teng sharoitda raqobatlashish imkonini berishi kerak.

Manbalarning xabarlariga ko‘ra, Apple arzonlashtiriladigan yangi mahsulotida Face ID'dan voz kechmoqchi. Buning o‘rniga ishlab chiqaruvchilar barmoq izi skaneri Touch ID'ni qaytarish fikrida. Datchik orqa panelga yoki ekranning o‘ziga o‘rnatilishi mumkin.

Shu kabi yangiliklar ishonchli ko‘rinadi, chunki Apple allaqachon xitoyliklar uchun iPhone'ning alohida modellarini taqdim etgan. Masalan, mahalliy bozorda sotuvga chiqqan iPhone XS va iPhone XR modellari ikki jismoniy SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi, ammo dunyoning boshqa o‘lkalari foydalanuvchilarida faqatgina eSIM + SIM shaklidagi imkoniyat mavjud.

Agar iPhone'ning Face ID'siz modeli tayyorlanayotgani rost bo‘lsa, shunda ham u yangi yildan oldin xaridorlar e'tiboriga havola etilmaydi. Kelayotgan kuzda Apple mavjud modellarning davomchilarini taqdim qiladi, xolos. Ularning barchasi ekranda yuzni tanish orqali qulflanish imkoniyatiga ega.

Yaqindagina kompaniya yangi protsessorli nisbatan arzonroq iPhone modeli ustida ishlayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bu aynan Face ID'siz variant bo‘lishi ham mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: