Tez o‘qishni o‘zlashtirishda yordam beradigan 5 kitob

Light 18:00 / 28.06.2019 9758

Foydali usullar nafaqat mutolaa sur'atini yaxshilaydi, balki o‘qilgan narsani yaxshiroq eslab qolishda yordam beradi, deydi Layfxaker.

Foto: Layfxaker

Nimadan boshlash kerak?

Tez o‘qish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishga kirishishdan oldin o‘zingiz uchun asosiy maqsadni aniqlab oling: siz aynan nimani istaysiz? Mutolaa tezligini oshirishmi yoki ikki marta ko‘proq ma'lumotni eslab qolishnimi? Ehtimol, siz uchun bari muhimdir?

Tez o‘qishning ko‘plab usullari va mashqlari mavjud. Siz uchun aynan qaysilari to‘g‘ri kelishi amaliy usul bilan aniqlanadi. Agar biror mashq foyda bermasa, ulardan butunlay voz kechishga shoshilmang.Uning o‘rniga boshqasini almashtiring. O‘rganishning har qanday jarayoni nafaqat murakkab va mehnat talab etuvchi bo‘lishiga qaramay, sizga huzur olib kelishi va yanada rivojlanishga ishtiyoq uyg‘otishi lozim. Mashg‘ulotlarni guruh bo‘lib, do‘stlar davrasida o‘tkazish yanada samarali.

Darslar jadvalini tuzing va unga amal qiling (kuniga 1,5-2 soatdan). Mutolaani odatga aylantiring va bo‘sh vaqtingizni unga sarflang. Yutuqlaringizni kuzating, bir necha haftadan keyin o‘qish tezligi ortganini sezasiz.

Natijalarni yozib borish ham muhim.

Hozirning o‘zidayoq tatbiq etish mumkin bo‘lgan usullar

O‘qishdan avval kitobni ko‘zdan kechiring (kirish, sarlavha, xulosa). Bu sizga materialning tuzilishini aniqlash, muhim joylarni belgilash imkonini beradi. Tez o‘qiganda aniq jumlalarga ko‘zingiz tushadi.

Qatorlar ustida barmoq, qalam yoki chizg‘ichni yuritish orqali mutolaa sur'atini belgilashingiz mumkin. Nigoh bilan takroran qaytmaslik uchun uni bir varaq qog‘oz bilan berkiting.

Ko‘rish qobiliyatini rivojlantirish uchun «Shulte» jadvali yordamida mashq qiling. Bu mashqlar zaruriy ma'lumotni izlash vaqtini qisqartirish imkonini beradi.

O‘yin tarzida ham o‘rganish mumkin: matndan notanish atamalarni, sh, f, l, m, n, o harfidan boshlanadigan barcha so‘zlarni izlashga harakat qiling. Bu kabi mashqlar diqqatni bir joyga jamlaydi va matn bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Tez o‘qish va xotirani rivojlantirishga bag‘ishlangan kitoblar

«Tez o‘qish», Piter Kamp

Bu tez o‘qish bo‘yicha klassik kitob, unda samarali o‘qishning usullari to‘plangan. Piter Kamp non-fikshn asarlarni 15 daqiqada, romanni tushlik vaqtida, internetdagi maqolani bir necha soniya o‘qish borasidagi nazariy va amaliy bilimlari bilan o‘rtoqlashadi.

Kurs 6 haftaga mo‘ljallangan. Kamp nafaqat o‘qish tezligi, balki eslab qolish ko‘nikmalariga ham e'tibor qaratadi.

«10 kun ichida tez o‘qish», Ebbi Marks-Bil

Sessiya vaqtida, taqdimot yoki ma'ruzaga tayyorlanishda qisqa muddatlarda katta hajmdagi ma'lumotni eslab qolish kerak bo‘lgan «favqulodda» o‘qish uchun amaliy qo‘llanma. Marks-Bil har bir mashqqa individual yondashuvni esga soladi. O‘quvchi mashqlarni o‘ziga moslashtirishga cho‘chimasligi kerak. Faol o‘qishda barcha harakatlar natijaga yo‘naltirilgan, unga erishish usullarini esa o‘zingiz belgilaysiz.

«Amaliyotdagi tez o‘qish», Pavel Palagin

Palaginning kitobi tez o‘qishning mavjud ko‘nikmalari ustida qayta ishlash uchun mos keladi. Muallif vaqtni yo‘qotmay, amaliy jihatdan qo‘llashga o‘tadi: metodika → mashq.

«Amaliyotdagi tez o‘qish» maqsadni aniqlashda yordam beradi. O‘qilganlarning asosiy tezislarini to‘g‘ri belgilash va materialga diqqatni jamlash

«Barini yodda saqlash», Artur Dumchev

Mnemonik texnikalarni qo‘llagan holda eslab qolish bo‘yicha amaliy qo‘llanma. Uni qo‘llash sohalari keng: pochta parolidan tortib, kitob xat boshisigacha. Dumchev aniq ko‘rsatmalar va hazil bilan yozadi. Bu esa mashg‘ulotlarga qiziqishni oshiradi.

Materialni o‘zlashtirish soddadan murakkabga qarab ketadi.

«Eynshteyn Oy bo‘ylab sayohat qiladi», Joshua Foyer

Foyer kitobining qimmati shaxsiy tajribaga egalikdir: bir yil davomida kalitlarini unutib qoldiradigan kishidan xotirada saqlash tanlovi g‘olibiga aylanish. Muallif xotiraning rivojlanish tarixini batafsil o‘rganib, ushbu ma'lumotlarni ko‘nikmalarni yaxshiroq o‘zlashtirish uchun qo‘llagan. Feor o‘zi qo‘llagan usullarnigina ko‘zdan kechiradi, biroq kitob erishganlaringizda to‘xtab qolmaslik uchun a'lo darajadagi rag‘batga aylanadi.

Ko‘proq yangiliklar: