«O‘zbekiston havo yo‘llari» Bombardier yoki Embraer samolyotlarini xarid qiladi

O‘zbekiston 01:36 / 25.06.2019 22703

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi samolyotlarni sotib olish strategiyasini o‘zgartirishga qaror qildi. Mahalliy reyslar uchun Kanadaning Bombardier yoki Braziliyaning Embraer kompaniyalarining kichik sig‘imli samolyotlarini sotib olish rejalashtirilmoqda, deb ma'lum qilgan O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Mahkamov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda.

Mahkamovning ta'kidlashicha, havo kemalariga nisbatan siyosat o‘zgardi. Endilikda samolyotlar sotib olinmay, lizingga olinadi, chunki dunyo tajribasining ko‘rsatishicha, lizing ko‘proq rentabelliroq va samaraliroqdir. 

Shuningdek, mahalliy reyslar uchun 70, 80, 90 kishiga mo‘ljallangan Bombardier, Embraer kabi samolyotlar olinmoqchi. Bu samolyotlarning yo‘lovchilarni tashishdagi foydali ish koeffitsiyenti yuqori va tannarxi pastroq. Katta sig‘imli samolyotlar esa uzoq parvozlar uchun qo‘llanadi. Hozirda aviaparkni shu yo‘nalishda o‘zgartirish ustida ish olib borilmoqda.

Mahkamovning ma'lum qiliishicha, har yili 2tadan shunday samolyotlar olish va 2025 yilgacha havo kemalari parkini 38ta samolyotga yetkazish rejalashtirilgan.

Bugun kunda milliy aviakompaniya tomonidan Boeing 757/767, Boeing 787-8, A320 yo‘lovchi va Boeing 767-300BCF yuk samolyotlari qo‘llanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: