2026 yilgi qishki Olimpiada Italiyaning ikki shahrida bo‘lib o‘tadi

Sport 21:41 / 24.06.2019 3385

2026 yilgi qishki Olimpiada Italiyaning ikki shahrida bo‘lib o‘tadi: Olimpiada poytaxti Milan va Kortina d'Ampetsso shaharlari bo‘ladi. Bunday qaror Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 24 iyunda Lozannada o‘tgan 134-sessiyasida qabul qilingan.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, italyan shaharlari 2026 yilgi Olimpiadani o‘tkazish uchun da'vogarlik qilgan Shvetsiya poytaxti Stokholmni ortda qoldirgan. 

Ma'lumot uchun, 2022 yilgi Olimpiada o‘yinlari 2022 yilning 4-20 fevral kunlari Xitoy poytaxti Pekinda bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: