AQSh davlat departamenti: O‘zbekiston ortiq alohida xavotir uyg‘otuvchi davlat emas

O‘zbekiston 13 yil ichida ilk bor alohida xavotir uyg‘otuvchi davlat hisoblanmaydi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo aytib o‘tdi.
Pompeo O‘zbekiston rahbariyati yana ancha ish qilishi kerakligini, biroq 13 yil ichida ilk bor xavotir uyg‘otuvchi davlat emasligini aytgan.
AQSh davlat kotibining ma'lum qilishicha, O‘zbekistonda diniy mansublik sababli turmada saqlangan 1,5 mingdan ko‘proq mahbus ozod qilingan hamda 16 ming o‘zbekistonlikdan xorijga chiqishga taqiqlov olingan.
Pompeo islohotlar davom ettirilishiga umid bildirgan. Jumladan, AQSh davlat departamentida O‘zbekistonda bolalar ota-onalari bilan birga masjidlarda ibodat qilishiga ruxsat berilishiga umid qilinmoqda.
Mavzuga oid

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40 / 10.03.2025
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:37 / 10.03.2025