Bolangiz bog‘chada nima qilayotganini telegram orqali bilib turishni istasangiz, Samarqanddagi «Intellekt» MTMga marhamat!

Jamiyat 11:00 / 21.06.2019 8568

Samarqand shahridagi Motrit qo‘rg‘onida «Obod maskan» nomli yangi mahalla bunyod bo‘lgan. Ko‘p qavatli binolardan iborat bu hududda minglab insonlar istiqomat qilishmoqda. U yerdagi «Intellekt» maktabgacha ta'lim muassasasi esa mahallaning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi.

Bog‘chaga kirish bilan uning sharoitlari kishi ko‘zini quvnatadi. Joriy yil fevral oyida faoliyat boshlagan 235 o‘rinli bog‘chada ayni damda 105 nafar bolakay tarbiyalanmoqda. Bolalardan 50 nafari qisqa guruhda (08:00 dan 14:00 gacha ishlaydigan), 55 nafari esa to‘liq guruhlarda (08:00 dan 18:00 gacha ishlaydigan) tarbiyalanmoqda.

Tayyorlov guruhi hisoblangan qisqa guruhlarga 3,5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Maktabga tayyorgarlik vazifasini bajaruvchi bu guruhlarda rus va o‘zbek tili to‘garaklari mavjud. Bunday guruhlarda bolajonlar ikki mahal ovqatlanishadi.

To‘liq, ya'ni 18:00 gacha ishlaydigan guruhlarda bolalar 4 mahal ovqatlanishadi. Bog‘cha oshxonasida menyular har haftada o‘zgartiriladi. Bolajonlar til to‘garaklaridan tashqari suzish, raqs, gimnastika, taekvondo to‘garaklarida shug‘ullanishlari mumkin. Bog‘chada ichki va tashqi basseyn bor. Bolalar haftasiga ikki kun ichki basseynda, yoz oylarida esa yana ikki kun hovlidagi tashqi basseynda suzish murabbiyidan dars olishadi. Ingliz tili to‘garagida esa darslar har kuni o‘tiladi.

To‘liq guruhlarda o‘zbekcha guruhlardan tashqari ruscha guruh ham mavjud. Bu guruhlarga 1,5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. «Intellekt»da oliy ma'lumotli va malakali mutaxassislar faoliyat yuritishadi. 2019 yil fevraldan boshlab bolajonlar uchun xizmat qilayotgan «Inttellekt» MTM haftada 5 kun 08:00 dan 18:00gacha ishlaydi. Shanba kuni esa ish vaqti 08:00da 17:00gacha.

«Intellekt»da tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari farzandlari nima bilan mashg‘ul bo‘layotgani haqida telegram orqali ma'lumot olib turishlari mumkin bo‘ladi. Bog‘chada bolalarga 4 mahal issiq ovqatdan tashqari yogurt, mevali desert, kompot beriladi. Bolajonlar har 3 oyda pediatr ko‘rigidan o‘tkaziladi. Bundan tashqari «Intellekt»da faoliyat yuritadigan hamshira har kuni ertalab bolalarni tekshiruvdan o‘tkazadi.

«Intellekt»ga bir oiladan bir nafardan ortiq bola keladigan bo‘lsa, ularning har biri uchun 100 ming so‘mdan chegirma qilinadi. Bog‘cha hududi har oyda bir marta dezinfeksiya qilinadi. Bundan tashqari xonalarda bakterial (ya'ni bakteriyalarga qarshi kurashuvchi) lampalar o‘rnatilgan. Bolajonlar uchun har oy estafeta va ko‘g‘irchoq teatri kabi ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.

Hurmatli samarqandlik ota-onalar, farzandingiz kun bo‘yi bog‘chada shunchaki vaqt o‘tkazishini emas, aniq mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishini, ular bog‘chadan maktabga tayyor bo‘lib borishlarini xohlasangiz, «Intellekt» MTM ga marhamat. Bu yerda bolangiz malakali tarbiyachilarning doimiy nazoratida bo‘ladi.

«Intellekt» MTM manzili: Samarqand shahri, Motrit qo‘rg‘oni, Obod maskan mahallasi.

Murojaat uchun telefonlar: 93 3380390, 93 3370387

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: