Si Tszinpin va Kim Chen In «yorqin kelajak» to‘g‘risida kelishib olishdi

Jahon 19:00 / 20.06.2019 10011

XXR raisi Si Tszinpin va KXDR davlat kengashi raisi Kim Chen In Pxenyanda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning "yorqin kelajagi" uchun hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olishdi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar bermoqda.

Si Tszinpin 20 iyun kuni hukumat delegatsiyasi hamrohligida maxsus reys bilan Pxenyanga keldi.

Bu Si Tszinpinning davlat rahbari sifatida Shimoliy Koreyaga birinchi tashrifi bo‘ldi.

Avvalroq KXDR davlat kengashi raisi Kim Chen In "XXR bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlash va yanada yuqori darajaga olib chiqish" niyatida ekanligini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: