Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kosonda bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirilmoqda – foto
Koson tumanida joriy o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim maktablarini 3661 nafar yoshlar bitirmoqda. Ayni vaqtda 11-sinf bitiruvchilariga diplom va attestatlar tarqatilmoqda.
Tuman hokimi A.Boykarayev 19 iyunda oltin, kumush medal sohiblari va a'lo darajadagi kasb-malakasi diplomlari olgan o‘quvchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda bitiruvchilar va ularning ota-onalari hamda o‘qituvchilari ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilariga bayram dasturxoni tashkil etilib, konsert dasturi namoyish etildi. Shundan so‘ng bitiruvchilar uchun tumandagi «Qusam ota» ziyoratgohiga sayohat uyushtirildi.
Shuningdek, tumanda «Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi» doirasida «Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz» shiori ostida tuman markazi asosiy yo‘lida yugurish bo‘yicha marafon tashkil etildi.
Ushbu marafonda 5000 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Marafon yakunida musobaqa g‘oliblari tuman hokimligi va Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limining diplom va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Bardoshbek SAMAD o‘g‘li tayyorladi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40
-
Olmaota shahrining yuqori qismlarida ko‘p qavatli turar joylar qurishga moratoriy joriy etiladi
Ko‘chmas mulk | 16:39
-
Endi «beshtalik»dagi oliygohlarga kirolmagan abituriyentda oltinchi imkoniyat ham paydo bo‘ladi
O‘zbekiston | 16:31
-
Ikki oyda 73 ming o‘zbekistonlik o‘ziga o‘zi kredit olishni taqiqladi
Iqtisodiyot | 16:26
Mavzuga oid

15:07 / 26.06.2025
Kosonda 2,5 yoshli bola xususiy bog‘chada vafot etdi

21:14 / 24.03.2025
Qashqadaryo viloyatida IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

12:24 / 18.02.2025
OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur amalga oshiriladi

17:18 / 08.02.2025