Vitaliy Denisov klubini o‘zgartiradi

Sport 12:00 / 19.06.2019 9265

O‘zbekiston milliy jamoasi va Moskvaning «Lokomotiv» klubi himoyachisi Vitaliy Denisov yangi jamoaga o‘tadi.

«BIZNeS Online» xabariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi Qozonning «Rubin» klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolaydi. Futbolchi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Vitaliy Denisovning «Lokomotiv» bilan imzolagan shartnomasi 2019 yil iyul oyiga qadar mo‘ljallangan edi.

O‘tgan mavsumda u «Krilya Sovetov» tarkibida ijarada o‘ynadi va barcha musobaqalarda 17ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta golga hammualliflik qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: