Italiyada Yevropaning eng keksa ayoli vafot etdi 

Jahon 20:37 / 18.06.2019 8018

Yevropaning eng keksa ayoli Mariya Juzeppa Robuchchi 18 iyunda 116 yoshida Italiya janubida vafot etdi. Bu haqda ayolning ona shahri Podjo-Imperiale meri Alfonso D`Aloizio ma'lum qildi. Momo 20 mart kuni 116 yoshini qarshilagandi.

“Biz Peppa momoning vafotidan qayg‘udamiz, u bizning hamshaharimiz bo‘lganidan doimo faxrlanganmiz”, deb aytgan mer.  

Robuchchi 1903 yil 20 mart kuni tavallud topgan va ikki jahon urushi zamonlarini boshdan kechirgan. U butun hayoti davomida ona shahridagi bar egasi bo‘lgan. Uning 5 farzandi, 9 nabirasi va 16 abirasi bo‘lgan. Shahar aholisi momoni erkalab “Peppa momo” deb chaqirgan va 2012 yilda unga faxriy mer unvoni berilgan.

Ayol uzoq umri davomida kamtarona ovqatlangan, hech qachon spirtli ichimlik iste'mol qilmagan va tamaki chekmagan. Momo oxirgi 5 yil ichida 2 ta jiddiy operatsiyani boshdan kechirganiga qaramay, umrining oxirigacha o‘zini yaxshi his qilgan. May oyida u hattoki Yevroparlamentga saylovlarda ovoz bergan.

Momo vafotigacha dunyoning eng keksa insonlari reytingida 2-o‘rinni egallab kelayotgandi, Italiyada esa 2017 yil aprelda 118 yoshida vafot etgan Emma Morano faqat undan ko‘proq umr kechirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: