AQShda millioner yollagan ishchisi halok bo‘lgani uchun to‘qqiz yilga qamaldi

Foto: AP
AQSh sudi uyida ishlayotgan ishchining o‘limi uchun aybdor deb topilgan millionerni to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi, deb xabar berdi CNN telekanali.
Yollanma ishchi 2017 yil sentyabrda Betesda aholi maskanida 28 yoshli birja makleri Deniel Bekvittning uyida yuz bergan yong‘inda halok bo‘lgandi.
Bekvitt uni uyi yerto‘lasida tunnel qazish uchun yollagan. Yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda tunnelning uzunligi 60 metrga yetgan bo‘lgan. Sudlanuvchi KXDRning raketa hujumidan himoyalanish uchun yerosti majmuasini qurdirmoqchi bo‘lganini aytgan.
Okrug prokuraturasining fikricha, millionerning uyidagi sharoitlar ishchini qutqarishga to‘sqinlik qilgan.
"Butun uyni egallab olgan axlat uyumlari va ular orasidagi labirinsimon yo‘laklar uy ichida erkin harakatlanishga xalaqit bergan", - deyiladi ayblov hujjatida.
Mavzuga oid

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

19:28 / 06.03.2025
Sud faoliyatiga aralashganlar uchun javobgarlik qattiq bo‘ladi

10:12 / 28.02.2025
Oliy sud huzurida Axborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi

20:44 / 27.02.2025