«Real» Pogba transferini ikki hafta ichida hal qilmoqchi

Sport 15:14 / 17.06.2019 5704

«Real» «Manchester Yunayted»dan yarimhimoyachi Pol Pogba transferini amalga oshirish ustida ish olib bormoqda.

Marca`ning darak berishicha, «qirollik klubi» 26 yoshli xavbekni 1 iyulga qadar o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallayapti. Klub shu orqali Pogba mavsumoldi tayyorgarligini to‘liq yangi jamoasida o‘tkazishiga erishish istagida.

Ta'kidlanishicha, «MYu» jahon chempioni bilan xayrlashishga osonlikcha ko‘nmasligini Madriddagilar yaxshi tushunib turishibdi. «Qizil iblislar» unga 170 mln yevro narx belgilagan. Biroq transfer 150 mln yevroga amalga oshishi mumkin.

Avvalroq Pogba o‘zini yangi joyda sinab ko‘rmoqchi ekanini aytgan, buning ortidan sobiq klubi «Yuventus» uning uchun kurashdan chiqqani xabar qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: