Mirishkor tumani g‘allakorlari mo‘l xirmon uydi

Jamiyat 19:18 / 17.06.2019 12292

Mirishkor tumani g‘allakorlari 16 iyun kuni belgilangan 50478 tonnalik ulkan reja-topshiriqni 16 ish kunida sharaf bilan oshirib bajarishdi. Mavsum muvaffaqiyatini ta'minlashda 38ta «Keys», 39ta «Klass» hamda 14ta «Vektor» rusumli o‘rim kombaynlari operatorlari o‘ziga xos ibrat ko‘rsatishdi. Ayniqsa mehnat muvaffaqiyatini ta'minlashda aniq vazifalarga tayanib ish tutgan «Ko‘hna Fazli», Maxtumquli nomli, «Avazcho‘l», «Yangiobod» Avtonomov nomli, R. G‘oyibov nomli, «Pomuq», «Chandir», Amir Temur nomli, «Toshkent», «Mirishkor», S. Murodov nomli, «Jyeynov», «Oltin boshoq», «Do‘stlik» massivlaridagi fermer xo‘jaliklari yuksak natijalarni qayd etishdi. E'tiborli jihati, bu yilgi o‘rim-yig‘im mavsumida tabiiy yog‘ingarchilikni yengib mardonavor mehnat qilgan, tajriba va mahoratga tayanib ish yuritgan yuzdan ziyod ilg‘or fermer xo‘jaliklari jamoalari gektarlar hosildorligini 65-70 sentnerga yetkazib, barchaga o‘rnak bo‘ldi.

Mirishkor - nafaqat Qashqadaryo viloyati, balki respublikada ham iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan tumanlardan sanaladi. O‘ziga xos dehqonchilik madaniyatiga ega bo‘lgan tuman iqtisodiyotida g‘allachilik yetakchi tarmoqqa aylangani e'tiborga molik. Peshqadam dehqonlar davlatga yana qo‘shimcha 20 ming tonna qirmizi don yetkazib berib, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yillik to‘yiga munosib to‘yona tuhfa etishmoqchi.

Hosil unumi oshishi avvalo g‘alla parvarishida ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga qo‘llab, mo‘l hosil yetishtirilishi barobarida qisqa fursatda tumanda davlatga don sotish bo‘yicha ishlab chiqilgan tadbir, rejada ko‘zda tutilgan donni qayta ishlash korxonasiga yetkazib berilishida  muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: