Forish tumanida 400 mln dollarlik sement zavodi quriladi

O‘zbekiston 20:21 / 17.06.2019 5158

Hukumat qarori bilan (501-son, 15.06.2019-y.) Jizzax viloyati Forish tumanida 2019—2020 yillarda qiymati 400 million AQSh dollari bo‘lgan, yiliga 4 million tonna portlandsement ishlab chiqarish quvvatiga ega sement zavodi qurilishi belgilandi (investitsiya loyihasi). Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanali xabar qiladi.

Loyihani amalga oshirish maqsadida ta'sischilari Phoenix Consulting GmbH (GFR) va Medianet in H.M.Hermsen (GFR) bo‘lgan UTD-Holding MChJ tomonidan MChJ shaklidagi UTD Cement korxonasi tashkil etildi.

Qaror bilan mazkur loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy parametrlari ham tasdiqlandi.

Ko‘proq yangiliklar: