Nurota tumanida 8 ta bolalar bog‘chasi ish boshladi

Jamiyat 18:58 / 15.06.2019 5280

14 iyun kuni Navoiy viloyati Nurota tumanidagi “Dehibalad” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 90 o‘rinli, “Qizilcha” mahalla fuqarolar yig‘inida 70 o‘rinli va “Temirqovuq” mahalla fuqarolar yig‘inida 70 o‘rinli maktabgacha ta'lim muassasalarining yangidan rekonstruksiya qilingan binolari, “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida davlat xususiy sherikchiligi asosidagi yangidan barpo etilgan 150 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasasi, shuningdek, tuman markazidagi 4 ta yangi oilaviy maktabgacha ta'lim muassasalarining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Joriy yil yakunlariga qadar tumanda Investitsiya dasturiga muvofiq 3 ta maktabgacha ta'lim muassasasini rekonstruksiya qilish, "Obod qishloq” dasturi asosida Amir Temur nomli mahalla fuqarolar yig‘inida 1 ta yangi maktabgacha ta'lim muassasasini barpo etish, shuningdek, 4 ta davlat sherikchiligi asosdagi hamda 15 ta oilaviy maktabgacha ta'lim muassasalarini yangidan tashkil etiladi.

Bugungi kunda Nurota tumanida 3-7 yoshdagi bolalar soni 7053 nafarni tashkil etib, ularning 2592 nafari yoki 36,8 foizi maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olingan.

Shuhrat Vafoyev,
Nurota tumani hokimi o‘rinbosari.

Ko‘proq yangiliklar: