Farzandingiz bu joylarda zavq-shavqqa to‘ladi

Light 14:55 / 15.06.2019 8403

Sayyohlik sanoati mijozga yangi imkoniyatlarni taklif etib, tezkor sur'atlarda rivojlanmoqda.

Tripsecrets sayti yosh bolalar bilan dam olish uchun qulay bo‘lgan shaharlar ro‘yxatini e'lon qildi.

Parij

Foto: Tripsecrets
​​​​​Parijdagi Disneylend

Romantika, muhabbat va bolalar yayrashi uchun qulay joy. Aynan shu yerda Disneylend yoki dunyodagi eng katta lego ko‘rgazmasiga tashrif buyurib, farzandlar bilan yaxshi dam olish mumkin. Shaharda boshqa ko‘ngilochar maskanlar ham bor. Eng oddiy yechim - dunyodagi eng yaxshi muzqaymoq sotiladigan qahvaxonaga tashrif buyurish.

London

Foto: Tripsecrets
Londondagi Garri Potter muzeyi

Fransuzlarni yoqtirmaysizmi? U holda La-Manshning boshqa qirg‘og‘iga otlaning. Dunyoning yirik megapolisi ko‘plab ko‘ngilochar maskanlar, jumladan, bog‘lar, ikki qavatli avtobuslarga ega. Buyuk Britaniyaning madaniy poytaxti yodgorliklari soni bilan kishini hayratga soladi.

Los-Anjyeles

Foto: Tripsecrets
Los-Anjyelesdagi Disneylend

Kaliforniya nafaqat dengiz qirg‘oqlari, balki yirik megapolisi bilan ham hayratga soladi. Los-Anjyelesda bolalar va kattalar uchun ko‘plab ko‘ngilochar maskanlar bor. Disneylend va Universal kinostudiyasi bunga yorqin misol bo‘ladi. Boshqa joylar orasida mehmonxonalarga ega sifatli infratuzilma o‘zingizni qirollardek his etishda yordam beradi.

Alanya

Foto: Tripsecrets
Water Planet akvabog‘i

Agar yuqoridagi shaharlar budjeti jihatidan qimmatroq bo‘lsa, sodda va qulay yechim - Alanyaga tashrif buyurish imkoniyatidan foydalaning. Sayyohlik maskanlari g‘aroyib iqlim, qumli plyajlar va ko‘plab obidalarga ega. Shahar chekkasida attraksion, akvabog‘, shuningdek, ko‘ngilochar kemalar bor.

Tenerife

Foto: Tripsecrets
Teyde milliy bog‘i

Yana bir dam olish maskani – Tenerife. Bu yerda doim bahor havosi hukmron. Hamma yer gullar va ularning iforiga burkangan. Milliy bog‘lar, g‘aroyib yo‘laklar va chiroyli dengiz. Vaqtni yaxshi o‘tkazish uchun bular yetarli.

Tallin

Foto: Tripsecrets
Tallindagi mualliflik qo‘g‘irchoqlari uyi

Estoniya yorqin madaniyati va g‘aroyib ko‘ngilochar maskanlari bilan dong qozongan. Ularning ko‘pchiligi poytaxtda, Tallin shahrida to‘plangan. Aynan shu yerda Tomas olamiga tashrif buyurish yoki qo‘g‘irchoqbozlar chiqishlariga guvoh bo‘lish mumkin.

Sidney

Foto: Tripsecrets
Tarong hayvonot bog‘i. Sidney, Avstraliya

Bolalarni hayratga solishga qaror qildingizmi? Avstraliya, uning eng yirik shahri Sidneyga yo‘l oling. G‘aroyib jonivorlar, o‘simliklarni maxsus safari-bog‘lar, qo‘riqxonalar va hayvonot bog‘larida tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Ularning bari zamonaviy xavfsizlik texnikasi bilan jihozlangan.

Kopengagen

Foto: Tripsecrets
Daniyadagi Legolend

Yorqin shahar bolalar bilan dam olish uchun qurilgan. Gotik mavzelar va ko‘chalar Legolendga kelganingizdan keyin ko‘rimsiz bo‘lmay qoladi.

Singapur

Foto: Tripsecrets
Singapurdagi okeanarium

Moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatli Singapur bolalar bilan kelishga arzirli ko‘plab maskanlarga ega. Aeroportga kelishingiz bilan mo‘jizani his etishingiz mumkin. G‘aroyib arxitektura, nostandart mebel va ko‘plab ko‘ngilochar maskanlar. Ba'zida bu bolalar orzusi orolini tashlab ketgingiz kelmaydi.

Vankuver

Foto: Tripsecrets
Rocky Point bog‘i

Ro‘yxatni bolalar bilan dam olish uchun eng muvaffaqiyatli shaharlardan biri – Vankuver yakunlaydi. Bu yerda ko‘plab qumli plyajlar, dam olish uchun mavzuli hududlar, akvabog‘larni topish mumkin.

Chiroyli, qulay va siz uchun arzirli joylar.

Ko‘proq yangiliklar: