Kosonda 5 ta muhim tashabbus yuzasidan tadbirlar davom etmoqda

Jamiyat 12:40 / 13.06.2019 2960

Koson tumanida 5 ta muhim tashabbusga asosan navbatdagi tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlar doirasida «Mulla Tuychi» nomli musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan 600 nafar yoshlarga «Xazina» nomli spektakl namoyish etildi.

Shu bilan birga joriy yilning tuman markazidagi sport majmuasida 8 yoshdan – 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida kikboksing bo‘yicha «Qashqadaryo viloyati ochiq birinchiligi» musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu musobaqada Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahar hamda Qashqadaryo viloyatining Koson, Kitob, Kasbi tumanlari yoshlari ishtirok etdi. Musobaqada Koson tumani jamoasi faxrli birinchi, Toshkent shahar jamoasi ikkinchi va Samarqand viloyati jamoasi uchinchi o‘rinni egalladilar.

Shuningdek, tumanda Koson va Muborak tumanlari mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining mintaqaviy o‘quvlari ham tashkil etildi. Unga Koson tumanidan 68 nafar, Muborak tumanidan 25 nafar mahalla raislari jalb etildi.

Ko‘proq yangiliklar: