Yaponiya bosh vaziri 1978 yildan beri birinchi marta Eronga rasmiy safar bilan jo‘nadi 

Jahon 08:40 / 12.06.2019 6102

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 12 iyunda Tehronga rasmiy safar bilan jo‘nadi. Abe u yerda Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Homanaiy va prezident Hasan Ruhoniy bilan uchrashadi.  

“Yaqin Sharqdagi taranglik xavotir uyg‘otadi. Men kuchim kelgancha bu mintaqada tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishida xalqaro hamjamiyatning bu masalaga e'tiborini hisobga olgan holda ishtirok etmoqchiman. Men Yaponiya va Eron o‘rtasidagi an'anaviy do‘stona munosabatlar asosida mintaqada taranglik darajasini pasaytirish maqsadida prezident Ruhoniy va oliy yetakchi Homanaiy bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqchiman”, deb aytgan Abe NHK telekanaliga safarga jo‘nashidan oldin.

Yaponiya bosh vazirlarining Eronga oxirgi tashrifi 41 yil avval, shoh Muhammad Rizo Pahlaviyning taxtdan ag‘darilishi va islom respublikasi tashkil etilishidan oldin 1978 yilda amalga oshirilgan.

Abe va Eron rahbariyati bilan muzokaralarning asosiy mavzusi Eron yadroviy kelishuvidan AQShning chiqishiga qaramay, uni saqlab qolish zarurligi masalasi bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: