11 iyun kuni Istanbul shahridagi «Haydarpasa Numune Hastanesi» shifoxonasida 1994 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Ozod Rajabboyev vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasiga tayanib O‘zbekiston TIV xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, u Istanbul shahrining Uskyudar tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasidan so‘ng jarohatlanib kasalxonaga yotqizilgan bo‘lgan.
Bosh konsulxona tomonidan marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish bo‘yicha uning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga, mazkur YTH bo‘yicha tergov ishlarining borishi nazorat ostiga olingan.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildiradi va Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.