11 iyunda O‘zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasi axborot tizimida “chiroyli” mobil telefon raqamini sotish bo‘yicha birinchi bitim amalga oshirildi.
Elektron savdolar natijalariga ko‘ra “COSCOM” (Usell) MChJ uyali aloqa operatorining (+998 93) 577-88-88 telefon raqami sotilgan.
Lot 4 iyun kuni sotuvga qo‘yilgan. Raqamning boshlang‘ich narxi 4 mln so‘mni, yakuniy narxi esa 5,36 mln so‘mni tashkil qilgan.
Elektron savdolarda ishtirok etish uchun birjaning mobilraqam.uzex.uz veb-saytida onlayn-ro‘yxatdan o‘tish va birjaning hisob-kitob kliring palatasiga garov puli kiritish lozim.