Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bu yil beshta universitetga davlat xizmatlari markazlari orqali hujjat topshiriladi

Davlat qabul komissiyasining qaroriga ko‘ra, O‘zbekistondagi 5ta OTM uchun hujjatlarni barcha shahar va tumanlardagi DXMlar orqali topshirish mumkinligi belgilandi. Bular:
1. Toshkent davlat yuridik universiteti
2. Qoraqalpoq davlat universiteti
3. Guliston davlat universiteti
4. Farg‘ona davlat universiteti
5. Samarqand davlat universiteti
Qayd etish kerakki, joriy yilda davlat xizmatlari markazi orqali barcha OTMlar uchun hujjatlar topshirish mumkinligi, endilikda abituriyentlar OTMga borishi shart emasligi, o‘z tumanida ham hujjat topshira olishi haqida aytilgandi.
Ma'lumot uchun, bugungi kunda respublikaning har bir tumanida 201ta shunday markazlar mavjud, olis hududlar aholisi uchun esa DXMlarning 50dan ortiq shoxobchalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
DXMlar orqali hujjat topshirish uchun faqatgina 2ta hujjat so‘raladi:
- fuqarolik pasporti (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma);
- umumiy o‘rta ta'lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan).
Imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

13:49 / 29.08.2021
Haydovchilik guvohnomalarini davlat xizmatlari markazlari orqali olish mumkin

18:43 / 16.06.2021
OTMga qabul jarayoni 20 iyun kuni boshlanadi

13:17 / 11.05.2021
Prezident maktablariga qabul va imtihon o‘tkazish sanasi ma'lum qilindi

17:33 / 10.05.2021