Putin ShHTga a'zo davlatlar yetakchilarini g‘alabaning 75 yilligi tantanalariga taklif qilmoqchi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkilotining Qirg‘izistonda o‘tadigan sammitida tashkilotga a'zo davlatlar rahbarlarini 2020 yilda Moskvada Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligi nishonlanishiga taklif qilmoqchi. Bu haqda Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov ma'lum qildi.
Ushakovning ta'kidlashicha, g‘alabaning yubileyiga bag‘ishlangan qo‘shma va katta ko‘lamli tadbirlar masalasi sammitning kengaytirilgan formatdagi yig‘ilishi doirasida ko‘tariladi.
“Davlat rahbarlariga 2020 yilda Moskvada o‘tadigan tantanalarda ishtirok etish taklifi bildiriladi”, deb aytgan Putinning yordamchisi.
Ayni vaqtda ShHT tarkibiga 8 ta davlat – O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Hindiston, Pokiston kiradi. 4 ta davlat – Mo‘g‘uliston, Eron, Afg‘oniston va Belarus kuzatuvchilar, yana 6 davlat – Shri-Lanka, Turkiya, Ozarboyjon, Afg‘oniston, Kamboja va Nepal muloqot bo‘yicha sheriklar maqomiga ega.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-14 iyun kunlari Qirg‘izistonga tashrif buyurib, u yerda ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining 19-yig‘ilishida ishtirok etadi.
Mavzuga oid

20:36 / 19.02.2025
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda «Xotira va qadrlash kuni» keng miqyosda nishonlanadi

16:21 / 06.10.2024
Urushda nemislar tomonida turib jang qilgan sotqin guruhlar

16:28 / 23.08.2024
Molotov-Ribbentrop paktiga 85 yil: sovetlar nega hitlerchilar bilan hamkorlik qilgandi?

15:52 / 09.06.2024